Sunʼiy intellekt · Kiberxavfsizlik

Telegram orqali kelgan APK faylni oʻrnatishdan oldin tekshiring

APK Guardian faylni bayt darajasida parchalaydi, sunʼiy intellekt esa uning xavfli yoki xavfsizligini aniqlaydi. Natija bir necha soniyada.

  • Fayl tekshiruvdan keyin oʻchiriladi
  • Roʻyxatdan oʻtish shart emas
  • Bepul

Onlayn tekshiruv

APK faylni tekshirish

Faylni yuklang — parchalash va AI tahlili serverda bajariladi. Hajmi 100 MB gacha.

Faylni shu yerga tashlang

yoki

Fayl tanlash

Fayl faqat tekshirish uchun yuboriladi va tahlildan soʻng darhol oʻchiriladi. Serverda faqat fayl xeshi (SHA-256) va javob saqlanadi.

APK
0%
  1. Fayl yuklanmoqda
  2. Parchalanmoqda: ZIP, manifest, DEX, native, imzo
  3. AI model qaror qilmoqda

Muammo

Bitta APK fayl — kartadagi pulga kalit

“Sud chaqiruvi”, “toʻy videosi” kabi nomli fayl keladi. Odam uni hujjat deb oʻrnatadi — dastur SMS kodlarni firibgarlarga yuboradi va kartadan pul yechiladi.

62 440kiberjinoyat 2025-yilda (2021-yilda — 4 865)
1,89 trlnsoʻm zarar — 2025-yilning 11 oyida
60%jinoyatlar — zararli havola va dasturlar orqali

Manba: IIV maʼlumotlari · Kun.uz

Qanday ishlaydi

Parchalaydi, tahlil qiladi, halol javob beradi

01

Parchalash

Fayl bayt darajasida ochiladi: ZIP tuzilmasi, manifest va ruxsatlar, DEX kod, native kutubxonalar, resurslar, imzo. Hech narsa ishga tushirilmaydi.

  • ZIP
  • Manifest
  • DEX
  • ELF
  • ARSC
  • Imzo
02

AI tahlil

Model ilovaning nomini emas, xulq-atvorini baholaydi: qaysi API chaqiriladi, nimaga ruxsat soʻraladi, kod qanday yashirilgan, fayl tuzilmasi buzilganmi.

03

Halol javob

Ishonch yetmasa, model taxmin qilmaydi — “aniqlab boʻlmadi” deydi.

  • Xavfsiz
  • Xavfli
  • Aniqlab boʻlmadi

Raqamlar — oʻlchangan, oshirilmagan

Krossvalidatsiya: har bir ilova uni oʻqitishda koʻrmagan model bilan baholangan.

95,6%zararli namunalar “xavfli” deb topildi (282 / 295)
0,14%toza ilovalar xato “xavfli” deyildi (6 / 4 392)
4 687ilovada oʻqitilgan: F-Droid, Google Play va zararli toʻplamlar
8qatlam parchalanadi: ZIP, manifest, DEX, native, resurslar, XML, imzo, arxiv

Halol soʻz: APK Guardian — birinchi qatlam himoya, 100% antivirus emas. Zararli namunalar ochiq toʻplamlardan olingan; Oʻzbekistonda tarqalayotgan yangi turlarida aniqlik pastroq boʻlishi mumkin. Shuning uchun ishonch yetmasa, javob “aniqlab boʻlmadi”.

Android ilova

Telefoningizni doimiy himoya qiling

Telegram yoki brauzerda APK fayl ochilganda, ilova uni oʻrnatishdan oldin tekshiradi va natija chiqmaguncha oʻrnatishga ruxsat bermaydi.

  • APK fayl bosilganda avval APK Guardian ilovasiga keladi va tekshiriladi
  • Tekshiruv tugamaguncha “Oʻrnatish” tugmasi yopiq
  • Rasmiy doʻkon ilovalariga tegmaydi, root talab qilmaydi
  • Oʻzbekcha (lotin va kirill), rus va ingliz tillarida
APK yuklab olish Tez orada

Ilova sinovdan oʻtmoqda. Birinchilardan boʻlib olish uchun Telegram orqali yozing: @sr_cpp

Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Faylim qayerga ketadi?

Fayl shifrlangan (HTTPS) aloqa orqali bizning serverga yuboriladi, tekshiriladi va darhol oʻchiriladi. Serverda faqat fayl xeshi (SHA-256) va javob qoladi — bir xil fayl qayta tekshirilganda javob tez chiqishi uchun. Ilovaning oʻzi esa faylni umuman yubormaydi: telefonda parchalab, serverga faqat bir necha kilobaytlik belgilar hisobotini joʻnatadi.

“Aniqlab boʻlmadi” nimani anglatadi?

Model bu fayl haqida ishonchli javob bera olmadi: masalan, fayl tuzilmasi gʻalati yoki model bunday ilovani hali koʻrmagan. Biz taxmin qilmaymiz. Fayl notanish odamdan kelgan boʻlsa, uni oʻrnatmang.

Bu 100% himoyami?

Yoʻq. Hech bir antivirus 100% kafolat bermaydi. APK Guardian — birinchi qatlam himoya: “xavfsiz” javobi ham ilovani faqat ishonchli manbadan oʻrnatish zaruratini bekor qilmaydi.

Qanday fayllarni tekshirish mumkin?

Android ilova fayllari (.apk), hajmi 100 MB gacha. Boshqa turdagi fayl yuklansa, sayt buni aytadi.

Sayt bilan ilovaning farqi nima?

Saytda bitta faylni qoʻlda tekshirasiz. Ilova esa telefonda ishlaydi: APK fayl ochilganda uni avval tekshiradi va natija chiqmaguncha oʻrnatishga yoʻl qoʻymaydi.